Biznesingizni HozirGo platformasiga qoʻshing
Restoran, fast food yoki doʻkon — yangi mijozlar va yetkazib berish, biznesingizni esa oʻzingiz boshqarasiz.
Shartlar kelishuv asosida. Ariza qoldiring — siz bilan bogʻlanamiz.
Kimlar uchun
Restoranlar
Restoran, kafe va choyxonalar: menyu, taom suratlari va tarkibini oʻzingiz kiritasiz, buyurtmani tayyorlab kuryerga berasiz.
Fast food
Burger, lavash, pitsa va boshqalar: tez qabul qilish, stop-list va aksiyalar bilan tez tayyorlanadigan buyurtmalar uchun.
Doʻkonlar
Oziq-ovqat va boshqa tovarlar: katalog va narxlarni oʻzingiz yuritasiz, qolmagan tovarni stop-listga qoʻyasiz, buyurtmani yigʻib kuryerga berasiz.
Siz nima olasiz
Oʻz panelingiz
HozirGo Hamkorʼda menyu (doʻkonlar uchun katalog), narxlar, ish vaqti, stop-list va aksiyalarni oʻzingiz yuritasiz.
Buyurtmalar real vaqtda
Yangi buyurtma ovoz va bildirishnoma bilan keladi; qabul qilish yoki sababini aytib rad etish bir bosishda.
Yetkazishni biz olamiz
Buyurtmani filialingizga eng yaqin boʻsh kuryer olib ketadi.
Hisob-kitob shaffof
Har buyurtma boʻyicha ulushingiz, hisobotlar va Excel koʻchirma panelda.
Bir nechta filial
Har filialning oʻz manzili, yetkazish radiusi va ish vaqti boʻladi.
Xodimlar
Menejer va kassirlarga alohida kirish va huquqlar.
Qanday ulanish mumkin
- 1Ariza qoldiring.Biznes nomi va turi (restoran yoki doʻkon), manzili va telefoningiz.
- 2Bogʻlanamiz.Shartlarni kelishamiz va shartnoma tuzamiz.
- 3Ishga tushiring.Panelga kirasiz, menyu yoki katalogni qoʻshasiz va buyurtma qabul qilasiz.