Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 2026-11-27 · Qoralama: matn yuridik tekshiruvdan oʻtmagan
Ushbu siyosat HozirGo ilovasi shaxsga doir maʼlumotlaringizni qanday, nima uchun va qancha muddat qayta ishlashini tushuntiradi. Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.
1. Operator
- «OMONOV PRIME» xususiy korxonasi (HozirGo), STIR 312846941, manzil: Oʻzbekiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Navroʻz MFY, Nekus koʻchasi, 17-a-uy, email: omonovprime.dev@gmail.com, telefon: +998 87 965 15 00.
- Shaxsga doir maʼlumotlar uchun masʼul shaxs: Omonov Uktam Uchqun oʻgʻli (rahbar), omonovprime.dev@gmail.com.
2. Qanday maʼlumotlar
- Telefon raqami — kirish va buyurtma boʻyicha aloqa uchun.
- Zaxira email (ixtiyoriy): siz Profil'da qoʻshib, kod bilan tasdiqlaysiz; SMS kelmaganda kirish kodi shunga yuboriladi. Email qoʻshilsa, olib tashlansa yoki email kodi bilan kirilsa, sizga xabar yuboriladi.
- Ism va (kiritsangiz) tugʻilgan kun.
- Yetkazish manzillari, xaritadagi nuqta, podyezd, qavat, xonadon, izohlar.
- Buyurtmalar: tarkibi, summasi, toʻlov usuli, holatlari, baholar va murojaatlar.
- Bonus hisobi va undagi operatsiyalar.
- Qurilma maʼlumotlari: push-bildirishnoma tokeni, ilova tili va versiyasi, telefon modeli va Android versiyasi, IP manzil va kirish vaqti (xavfsizlik uchun: Sozlamalar → «Faol qurilmalar»da akkauntingizga kirilgan telefonlar koʻrinadi).
- Joylashuv faqat xaritada «Mening joylashuvim» tugmasini bosganingizda, manzil tanlash uchun bir marta olinadi.
- Karta maʼlumotlari Platformaga kelmaydi: ularni faqat toʻlov tizimi (Click, Payme, Multicard (Rahmat)) qayta ishlaydi.
3. Maqsadlar va asoslar
- Buyurtmani qabul qilish, tayyorlash, yetkazish va toʻlovni qabul qilish — shartnomani bajarish uchun.
- Fiskal chek berish va buxgalteriya hisobi — qonun talabi.
- Buyurtma holati haqida xabar berish.
- Firibgarlik va suiisteʼmolning oldini olish, xavfsizlik.
- Aksiyalar haqida push — faqat Sozlamalarda «Aksiyalar» yoqilgan boʻlsa (oldindan rozilik). Sukut boʻyicha oʻchiq va istalgan vaqtda oʻchiriladi.
- Ilovaga kirib, siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz. Rozilik vaqti va siyosat tahriri Platformada saqlanadi.
4. Kimga beriladi
- Buyurtma berilgan Sotuvchi (restoran yoki doʻkon) — faqat shu buyurtmani tayyorlash uchun kerakli maʼlumotlar.
- Buyurtmani yetkazayotgan kuryer — ismingiz, telefoningiz va manzilingiz, faqat shu buyurtma davomida.
- SMS xizmati (Eskiz) — telefon raqami va bir martalik kod.
- Email xizmati — zaxira email, bir martalik kod va kirish haqidagi xabar.
- Toʻlov tizimlari (Click, Payme, Multicard (Rahmat)) — siz ular orqali toʻlaganingizda.
- Fiskal maʼlumotlar operatori — chek maʼlumotlari, qonunga muvofiq.
- Push-bildirishnomalar xizmati (Google Firebase) — qurilma tokeni va bildirishnoma matni.
- Xarita va manzil xizmatlari (OpenStreetMap, Yandex) — xarita koʻrsatish va manzilni aniqlash uchun soʻrovlar.
- Davlat organlari — faqat qonunda belgilangan hollarda.
Maʼlumotlar sotilmaydi va uchinchi shaxslarga reklama uchun berilmaydi.
5. Saqlash joyi va chegaradan tashqariga uzatish
- Maʼlumotlar bazasi Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi serverda saqlanadi.
- Google Firebase va xarita xizmatlari xorijiy serverlardan foydalanishi mumkin: ularga faqat 4-boʻlimda koʻrsatilgan maʼlumotlar uzatiladi. Ilovadan foydalanib, siz bunday uzatishga rozilik bildirasiz.
6. Saqlash muddati
- Akkaunt maʼlumotlari — akkaunt oʻchirilguncha.
- Buyurtma va toʻlov maʼlumotlari — buxgalteriya va soliq hisobi uchun qonunda belgilangan muddat (fiskal maʼlumotlar kamida 5 yil). Akkaunt oʻchirilgach, ular shaxsingizsiz qoladi.
- Bir martalik kodlar va kirish tokenlari — amal qilish muddati tugaguncha, faqat xesh koʻrinishida.
- Murojaatlar va baholar — 12 oy.
7. Himoya
Ilova faqat Platforma serveri bilan shifrlangan ulanish orqali gaplashadi. Kodlar va tokenlar xesh koʻrinishida saqlanadi. Xodimlar maʼlumotlarga faqat ish vazifasi doirasida kiradi, har bir muhim harakat jurnalga yoziladi.
8. Huquqlaringiz
- Maʼlumotlaringiz, ularni qayta ishlash maqsadi, usuli, oluvchilari va saqlash muddati haqida maʼlumot olish. Saqlanayotgan maʼlumotlarni Sozlamalar → «Maʼlumotlarim»da koʻrish mumkin.
- Notoʻgʻri maʼlumotni tuzatish (3 kun ichida tuzatiladi), qayta ishlashni toʻxtatish yoki oʻchirishni talab qilish.
- Rozilikni qaytarib olish: akkauntni oʻchirish yoki aksiya va reklama xabarlarini oʻchirish orqali (Sozlamalar → «Reklama roziligi»).
- Murojaat: ilovadagi «Yordam» yoki omonovprime.dev@gmail.com. Javob qonunda belgilangan muddatda beriladi; rad etilsa, sababi 10 kun ichida yoziladi.
9. Akkauntni oʻchirish
Sozlamalar → «Akkauntni oʻchirish» yoki hozir-go.uz/delete-account. Ism, telefon, zaxira email, tugʻilgan kun, manzillar va qurilma tokenlari oʻchiriladi. Faol buyurtma boʻlsa, oʻchirish u yakunlangandan keyin mumkin.
10. Oʻzgarishlar
Siyosat oʻzgarsa, yangi matn ilovada eʼlon qilinadi va sizdan alohida rozilik soʻraladi.
11. Tillar
Hujjat oʻzbek (lotin va kirill yozuvida), rus va ingliz tillarida eʼlon qilinadi. Matnlar oʻrtasida farq boʻlsa, oʻzbek tilidagi (lotin) matn ustun turadi.